Awesome Image

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami

   “Navoiyuran”da go'zallik va nafosat bayrami nishonlandi


Bugun “Navoiyuran” davlat korxonasining Madaniyat uyida 8 Mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Bayram tadbirida korxona bosh direktori J.Xasanov so'zga chiqib, jamoada mehnat qilayotgan 700 nafar xotin-qizlarning kasbiy salohiyati va mehnatini e'tirof etib o'tdi. Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish maydonlarida samarali mehnat qilayotgan bir guruh ayollarga Faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi. “Yoshlik” Madaniyat va sport markazi ijodiy jamoalarining kontsert dasturi tadbir qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.