Awesome Image

DAVLAT MUKOFOTI SOHIBI QUTLANDI 

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq yurtimizning bir guruh faol xotin-qizlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.  

 

Ular orasida “Navoiyuran” davlat korxonasining “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni geotexnologik koni apparatchisi Manzura Nuriddinovaning ham borligi korxonamiz mehnat jamoasini yanada xushnud etdi. 

 

Bayram arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi va mamlakatimiz ayollarini tabrikladi hamda tantanali ravishda davlat mukofotlarini topshirdi. 

 

Ushbu tadbirda M.Nuriddinova ham ishtirok etib, Davlatimiz Rahbarining qo‘llaridan “Shuhrat” medalini qabul qilib oldi. 

 

Shu munosabat bilan yuksak davlat mukofoti sohibiga korxona Bosh direktori Djamal Fayzullayev o‘z tabrigini yetkazdi va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

 

Shuningdek, M.Nuriddinovaning kelgusi mehnat faoliyati va oilaviy ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. 

 

"Navoiyuran" DK axborot xizmati