Awesome Image

OLAMGA NUR SOCHGAN NAVRO’Z ZAFAROBODDA KENG TANTANA QILINDI

Yangilanish, yasharish va go‘zallik bayrami, har birimizning ko‘nglimizga bahoriy iliqlik olib kirayotgan sevimli bayramimiz – Navro‘z “Navoiyuran” davlat korxonasi tizimida ham keng nishonlandi. 

 

Har yilgi an’anani davom ettirgan holda bu yil ham Navro‘z bayramini korxonaning ko‘p sonli jamoasi, qolaversa, Zafarobod qo‘rg‘oni ahli katta bayram sayli ko‘rinishida nishonlashdi. 

 

“Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” shiori ostida o‘tkazilgan Navro‘z bayram sayli “Navoiyuran” davlat korxonasi "Zafarobod" kon boshqarmasi va "NKMK jamg‘armasi" DM Zafarobod hududiy boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan tayyorlandi.

 

Ayniqsa, korxona tarkibiy bo‘linmalari tomonidan azaliy urf-odatlarimizga muvofiq tayyorlab kelingan bayramona dasturxon va badiiy chiqishlar bayramni har jihatdan sermazmun va rang-barang bo‘lishini ta’minladi. 

 

Bayram dasturidan o‘rin olgan mushoiralar, turli musobaqalar, ko‘rgazmali chiqishlar, milliy dorbozlik o'yinlari yig‘ilganlarga  manzur bo‘ldi. 

 

Sayilda turli xalq va sport o‘yinlari, laparu aytishuvlar, ayniqsa, o‘lmas qadriyatlarimizning namoyishiga keng o‘rin berildi. 

 

Bayram shodiyonalari “Yoshlik” madaniyat saroyi ijodiy jamoalari, folklor-etnografik  ansambllari hamda havaskor ijrochilarning katta gala konsert dasturi bilan davom etdi.

 

Navro'z tantanalari korxona tizimida davom etmoqda.

 

"Navoiyuran" DK axborot xizmati