Awesome Image

ZAFAROBODLIK XOTIN-QIZLAR E’ZOZLANDI

Bahor ayyomining eng nafis bayrami – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunida ayollarimizga izzat-ehtirom ko‘rsatish an’anasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib bormoqda. Zero, jamiyatning madaniyat darajasi, ma’naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi.


 
Sana munosabati bilan Zafarobod qo‘rg‘onidagi “Yoshlik” madaniyat va sport majmuasida bo‘lib o‘tgan tantanaga “Navoiyuran” DK “Zafarobod” kon boshqarmasi va “NKMK jamg‘armasi” DM Zafarobod hududiy boshqarmasi tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan bir guruh faol xotin-qizlar taklif etildi. 

 

Tadbir avvalida ularga "Navoiyuran" davlat korxonasi Bosh direktorining bayram tabrigini korxona Xodimlar bilan ishlash Departamenti direktori A.Oltinov o‘qib eshittirdi va eng ezgu tilaklarini bildirildi.  

 

Shuningdek, ularning 15 nafariga korxonaning Faxriy yorliqlari va Tashakkurnomalari topshirildi. 

 

Bundan tashqari, “Zafarobod” kon boshqarmasi direktori O.Ruziyev va “NKMK jamg‘armasi” Zafarobod hududiy boshqarmasi direktori A.Bazarovlar ham yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi. 

 

Tantana davomida madaniyat saroyi badiiy jamoalarining kuy-qo‘shiq va raqslari yig’ilganlarga bayram kayfiyatini ulashdi.

 

"Navoiyuran" DK axborot xizmati