KORXONA TARIXI:

 

    “Navoiyuran” davlat korxonasi 2022-yil yanvar oyida “Navoiy KMK” Davlat korxonasini isloh qilish natijasida tashkil etilgan. “Navoiyuran” DKni tashkil etishdan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasining Qizilqum hududida tabiiy uran qazib olish va uran oksidini eksport qilishdir. 

Markaziy Qizilqum hududida uran konlarini o'zlashtirish 1958-yilda boshlangan. Uchquduq koni birinchi bo'lib ochiq va yer ostidan qazib olish yo'li bilan o`zlashtira boshlangan. Sohani keyinchalik yanada rivojlantirish natijasida vodorodli qumtosh konlarida yer ostida ishqorlash usuli joriy etildi. Shunday qilib, 1994-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasida barcha uran yer ostida ishqorlash usuli bilan qazib olinadi.

Ayni paytda, korxona tomonidan 18 ta uran koni o'zlashtirilgan hamda 2022-2026-yillarda yana 4 ta konni o'zlashtirish rejalashtirilgan.

    MAGATE jahon yadro uyushmasi a'zosi hisoblangan "Navoiyuran" DK hozirda «Itochu Corporation» (Yaponiya), «Marubeni Corporation» (Yaponiya), «Cameco Corporation» (Kanada), Korea Hydro & Nuclear Power Co., Ltd» (Koreya respublikasi), «CGNPC Uranium Resources Co.Ltd.» (KNR) korporatsiyalariga uranning chala oksidi-oksidi ko'rinishidagi tayyor mahsulotni yetkazadi.     

 

FAOLIYATI:

 

“Navoiyuran” DK faoliyatining asosiy yo'nalishlari:

1. Tabiiy uranni qazib olish va uni U3O8 azot oksidigacha qayta ishlash;

2. U3O8 uran oksidini eksport qilish;

3. Yer ostida ishqorlash usulida qazib olingan eritmalaridan reniyni ajratib olish bilan AR-0 markali  NH4ReO4 ammoniy perrenati tayyor mahsulotini ishlab chiqarish;

4. O'zbekistondagi korxonalar ehtiyoji uchun sulfat kislota ishlab chiqarish;

5. “Navoiyuran” DK va “NKMK” AJ ehtiyojlari uchun polietilen va polivinilxloriddan quvur mahsulotlari ishlab chiqarish.

 

“NAVOIYURAN” DK  JAMOASI - bu korxona oldida turgan strategik vazifalarni amalga oshirishda asosiy bo'g'in va eng muhim manba, muvaffaqiyat asosi va kelajakda uning barqaror rivojlanishi kaliti bo'lgan professionallar jamoasidir.

Awesome Image