Mehnat muhofazasi va xavfsizlik

Korxona ishchi-xodimlarining xavfsizligini ta'minlash va sog'lig'ini muhofazasi masalasi - mehnat muhofaza sohasidagi asosiy vazifalar hisoblanadi.

"Navoiyuran" Davlat korxonasining ishlab chiqarish faoliyati xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash, xodimlar va aholi salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, eng yaxshi texnologiyalardan foydalanish asosida qulay muhitni saqlashga qaratilgan.

Korxona sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga to'liq rioya etadi, har yili ushbu sohadagi asosiy ko'rsatkichlarni yaxshilab boradi.

Sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhit sohasidagi qonun hujjatlari korxona faoliyatining barcha jabhalarida amalga oshiriladi va sanoat va ekologik xavfsizlikni boshqarishning mavjud tizimini takomillashtirishga, shu jumladan xavfsiz xatti-harakatlar madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi foaliyatining samaradorligi

"Navoiyuran" davlat korxonasi bo'linmalarida ishlab chiqarish faoliyati mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda olib boriladi. Avariya va halokatlarning oldini olish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar doimiy ravishda amalga oshiriladi. Korxona ishchilari va turli darajadagi rahbarlar tomonidan xavfsizlik madaniyatini oshirish va sanoat xavfsizligi talablariga ongli ravishda rioya qilish darajasini oshirish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Ishlab chiqarish shikastlanishining oldini olish

Korxonada tarkibiy bo'linmalar rahbarlari bilan avariyalar sabablarini aniqlash va ularning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo'yicha muntazam uchrashuvlar o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yilgan.

Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va avariyalarni tahlil qilish natijalari asosida axborot xatlari tayyorlanib, barcha tarkibiy bo'linmalarga avariyalarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar ro'yxati bilan yuborilgan. Shuningdek, barcha bo'limlarda xodimlar bilan rejadan tashqari xavfsizlik bo'yicha yo'riqnomasi o'tkazilib, baxtsiz hodisalarning holatlari va sabablari muhokama qilinadi.

Baxtsiz hodisalar to'g'risida axborotlar, sodir bo'lgan har bir avariya yoki hodisa to'g'risida mavjud xabar berish jadval asosida korxonaning tegishli buyrug'i bilan tartibga solinadi. Baxtsiz hodisa va avariyalar sodir bo'lgan taqdirda xodimlarning harakatlari ham avariyalarni bartaraf etish bo'yicha ko'rsatmalar va rejalarda bayon etilgan.

Salomatlikni muhofaza qilish

"Navoiyuran" DK o'z faoliyatini ishchi-xodimlarning hayoti va salomatligini asrash ustuvorligi tamoyiliga asoslangan holda amalga oshiradi. Sog'liqni muhofaza qilish yo'nalishlaridan biri-bu bepul tibbiy yordam ko'rsatish, korxona xodimlarining jismoniy tarbiya va sport majmualariga jalb qilishdan iborat. Bundan tashqari, "Navoiyuran" davlat korxonasining jamoa shartnomasini amalga oshirish doirasida O'zbekiston Respublikasi va MDH mamlakatlarining sog'lomlashtirish muassasalariga davolanish uchun xodimlarga yo'llanmalar ajratiladi.

Radiatsiyaviy xavfsizlik

"Navoiyuran" davlat korxonasi bo'linmalarida radiatsiyaviy xavfsizlikni ta'minlash ionlashtiruvchi nurlanish manbalari aylanmasi va aholining radiatsiyaviy xavfsizligi sohasidagi Qonunchilik talablarini bajarishga, shuningdek, radiatsiyadan kasbiy himoya qilish sohasidagi MAGATE ilg'or tajribalarini hisobga olishga asoslanadi.

Radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida davlat nazorati O'zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Xodimlarning radiatsiyaviy xavfsizligi quyidagilar bilan ta'minlanadi:

- yoshi, jinsi, salomatlik holati, avvalgi ta'sir darajasi va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha nurlanish manbalari bilan ishlashga cheklovlar;

- nurlanish manbalari bilan ishlash qoidalari bo'yicha bilimlar va ularga rioya qilish;

- himoya to'siqlari, ekranlari va nurlanish manbalaridan uzoqligining yetarliligi hamda nurlanish manbalari bilan ish vaqtining cheklanganligi;

- NRB-2006 va OSPORB-2006 talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratish;

- shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;

- belgilangan nazorat darajalariga rioya qilish;

- radiatsiya monitoringini tashkil etish;

- radiatsiyaviy vaziyat to'g'risidagi ma'lumotlar tizimini tashkil etish.

- xavf va avariya sodir bo'lgan holatda nurlanish ta'sirni oshirishni rejalashtirishda xodimlarni himoya qilish bo'yicha samarali choralarni amalga oshirish.

Aholining radiatsiyaviy xavfsizligi quydagilar bilan ta'minlanadi:

- NRB-2006 va OSPORB-2006 talablariga javob beradigan odamlar uchun yashash sharoitlarini yaratish;

- radiatsiya nazoratini tashkil etish;

- me'yoriy sharoitlarda va radiatsiyaviy avariya sodir bo'lganda radiatsiyaviy himoya qilish bo'yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish samaradorligi;

- radiatsiyaviy vaziyat to'g'risidagi ma'lumotlar tizimini tashkil etish.