2022-yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida korxonada 6 ta loyiha bo'yicha umumiy qiymati 15,76 mlrd so'mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqish ko'zda tutilgan. Bular umumiy qiymati 3,95 mlrd so'm bo'lgan 5 ta loyiha va 11,81 mlrd so'mlik 1 ta quvvati kengaytirilgan loyihadir. 2021-yilga nisbatan o'sish sur'ati 133,5 foizni tashkil etadi.

     Korxonaning ta'mirlash – mexanika tsexida burg'ilash uskunalari, elektrocho'ktirma nasoslar uchun ehtiyot qismlari, uran ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida foydalanadigan konstruktsion qurilmalar, qurilma qismlari, shuningdek,  yangi turdagi  PVX quvurlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.
Mahsuldor eritmalarni qayta ishlash uchastkalarida 1 ta quvvati kengaytirilgan loyiha o`shzlashtirildi- bu  ammoniy perrenati mahsuloti ishlab chiqarish.