Awesome Image

“Navoiyuran” DKning asosiy bo‘linmasi “Zafarobod” kon boshqarmasi 1971-yilda tashkil etilgan. “Zafarobod” kon boshqarmasi Navoiy va Buxoro viloyatlarida joylashgan. 

Kon boshqarma tarkibiga 1, 2, 3, 4-geotexnologik konlar, ta'mirlash-mexanika sexi, markaziy fizik–kimyoviy laboratoriyasi, elektr tarmoqlari va podstantsiyalari sexi, 6-sonli Avtokorxona, texnik nazorat xizmati, ta'mirlash va qurilish uchastkasi kiradi. 

Qazib olish ishlari Shimoliy Konimex, Janubiy Bukinay, Aulbek, Kuxnur, Jingeldi, Teriquduq, Sugrali  va Janubiy Sugrali konlarida olib boriladi.

Bugungi kunda kon boshqarmasi tog‘-kon sanoati komplekslarini, barcha ishlab chiqarish ehtiyojlarini to‘liq qoplaydigan yordamchi bo‘linmalarni, rivojlangan infratuzilma va ijtimoiy ob’ektlarni o‘zida jamlagan zamonaviy sanoat korxonasidir. 

Eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish Davlat dasturi doirasida kon boshqarmasi tomonidan bir qator ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy ishlar olib borilib, ikkinchi mahsulot – ammoniy ishlab chiqarishni 4 barobardan ortiq oshirish imkonini berdi. Shuningdek, asosiy ishlab chiqarishning texnologik yechimlaridan bir vaqtning o‘zida perrenat ammoniy ham olinmoqda.