Awesome Image

65 YILLIK TARIXGA EGA "YASHIL ENERGIYA"

#UCHQUDUQ

#URAN_SANOATIGA_65_YIL

 

Navoiy kon-metallurgiya kombinati va "Navoiyuran" davlat korxonasining 65 yilligi munosabati bilan "Uchquduq" madaniyat saroyida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Uchquduq tuman hokimligi, "Navoiyuran" davlat korxonasi va “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni rahbariyati, ishchi-xodimlar, tizimda uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.

Bayram tadbiri avvalida “Navoiyuran” DK Bosh direktori Dj.Fayzullayevning uchquduqliklarga yo‘llagan bayram tabrigini korxona Bosh direktorining o‘rinbosari A.Oltinov o‘qib eshittirdi.

Shodiyona davomida korxonada ko‘p yillik fidokorona mehnati, O‘zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishdagi va jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarilishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda sana munosabati bilan “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni ishchi-xodimlaridan 1 nafari “Navoiyuran Faxriysi” unvoni, 2 nafari II va III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, 2 nafari “Navoiyuran” DK rahbariyatining hamda 5 nafari ishlab chiqarish maydoni boshlig‘ining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, yig‘ilganlarga Uchquduq tuman hokimining tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi va bir guruh ishchi-xodimlarga tuman hokimligining Tashakkurnomalari topshirildi.

Shuningdek, “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasi direktori N.Axatov barcha konchi va metallurglarni hamda mehnat faxriylarini bayram bilan qutladi. Tadbirga taklif etilgan mehnat faxriylari ham e’tibordan chetda qolmadi. Ularga ishlab chiqarish maydoni rahbariyatining Tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbiri “Uchquduq” madaniyat saroyi badiiy jamoalari hamda xonandalarining Ona Vatanni va sharafli kasb sohiblari bo‘lgan konchilarni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiq va raqslari bilan davom etdi.

  

"Navoiyuran" DK axborot xizmati