Awesome Image

AMALIY TASHRIF SAMARALI HAMKORLIK OMILI

O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-116-son Farmonida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qimmatbaho metallar va toshlar, rangli, qora va noyob metallar, uran va ko‘mirni qazib olish hamda qayta ishlash sohasining loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlagan holda klaster usulida rivojlantirish vazifasi belgilangan. 

Shunga muvofiq, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Olmaliq KMK” AJ mutaxassislari “Navoiyuran” DKga amaliy tashrif bilan kelishdi. Mehmonlar tashrif davomida uran eritmalaridan ammoniy perrenati ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha korxona mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashdilar. 

Tashrif doirasida delegatsiya “Zafarobod” kon boshqarmasi 4-sonli Geotexnologik konida noyob va kamyob yer elementlarini ajratib olish jarayonlari, shuningdek, Mahsuldor eritmalarni qayta ishlash uchastkasi va mahalliy sorbsion uchastkasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga ammoniy perrenati ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

✍️ "Navoiyuran" DK axborot xizmati