Awesome Image

AQSHLIK MUSTAQIL A’ZO TASHRIF BUYURDI

“Navoiyuran” davlat korxonasida Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi Kim Kevin Gwangil bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda korxona bosh direktori va uning barcha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Muloqotda dastlab korxona rahbari J.Xasanov mamlakatimizda uran sanoati tarixi, korxona tarkibiy bo‘linmalari, geotexnologik konlar va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi 319-sonli Qarorida belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilmoqda. Uchrashuv davomida mustaqil a’zo korxona transformatsiyasi jarayonlari, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi, “yo‘l xaritasi” bandlarining bajarilishi bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldi.     

O‘z navbatida Kim Kevin Gwangil ham O‘zbekistonga ilk tashrifi orqali katta taasurot olgani, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgani va bugungi uchrashuvdan mamnunligini bildirdi. Shuningdek, o‘zining bugungi kundagi faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Kim Kevin Gwangil  korxonani transformatsiyasida hamda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishini ma’lum qildi.

  "Navoiyuran" DK axborot xizmati