Awesome Image

BAYRAMONA DASTURXON YOZILDI

Joriy yil 17-mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan “Navoiyuran” davlat korxonasi boshqarmasi va Uran ishlab chiqarish zavodi mehnat jamoasi hamda mehnat faxriylari ishtirokida bayram konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbir avvalida korxona bosh direktori J.Xasanov jamoani bayram bilan tabriklab, Navro‘z – kirib kelayotgan yil boshi yurtimizga qut-baraka,  xalqimizga tinchlik, xotirjamlik va farovon hayot olib kelishini, har bir xonadon baxt va quvonch qo‘rg‘oniga aylanishini tiladi.

Shundan so‘ng, kecha, 16-mart kuni bo‘lib o‘tgan shaxmat-shashka, stol tennisi, arqon tortish musobaqalari hamda “Umumxalq saylini tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi bo‘linma” nominatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan jamoalar munosib rag‘batlantirildi. Ularga korxona rahbariyati va 6-Birlashgan kasaba uyushmasi Qo‘mitasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda shuningdek, mehmonlar ham jamoani bayram bilan qutlab, o‘zlarining dil so‘zlarini izhor etishdi.

Dastur davomida “Farhod” madaniyat saroyining xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar davraga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishlab, barchani raqslarga chorladi.

  "Navoiyuran" DK axborot xizmati