Awesome Image

DIQQAT, E’LON!

O‘zbekiston Respublikasida tashkil qilingan “Nurlikum Mining Uzbek-French Joint Venture” O‘zbek-Fransiya qo‘shma korxonasi 2024-yilda Tomdi tumani hududida joylashgan “Janubiy Jingeldi” ob’ektida geologiya qidiruv ishlarini tugatib, sanoat yo‘sinida yer ostida ishqorlab yuvish yo‘li bilan uran olishni rejalashtirmoqda.

Ushbu rejalashtirilayotgan ishlarni boshlashdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentyabrdagi 541-sonli qarorining 3-ilovasiga binoan atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasiga mansub bo‘lgan faoliyat turi ob’ekti bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha qaror qabul qilinishini muhokama qilish uchun uchrashuv tashkil etiladi. 

Jamoatchilik eshituvi yig‘ilishiga muhokama qilinayotgan masalaga aloqador bo‘lgan manfaatdor tomonlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish tuman vakillari jamoatchilik eshituvlarida kuzatuvchi sifatida taklif qilinadi.

Ushbu jamoatchilik eshituvi joriy yilning 11-oktyabr kuni soat 11:00 da Tomdi tumani “Ayaqquduq” OFY binosi katta majlislar zalida o‘tkaziladi.