Awesome Image

"DOLZARB 30 KUN" TADBIRI DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-iyul kunidagi 418-F sonli farmoyishiga asosan, "2023-yil 10-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar respublika hududida Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha "DOLZARB 30 kun"" tadbiri oʻtkazilishi belgilandi. 

Shunga asosan; Quyidagilar “Dolzarb 30 kun” tadbirining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi.
Yozgi dam olish va sogʻlomlashtirish mavsumida oromgohlar, sanatoriylar hamda boshqa dam olish va sogʻlomlashtirish maskanlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshirish;
Oʻta muhim, toifalangan va iqtisodiyot obyektlari, yonish-portlash xavfi yuqori hamda favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori boʻlgan boshqa obyektlar, shuningdek, odamlar gavjum boʻladigan joylarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

2023/2024 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan obyektlarning yongʻinga qarshi holatini talab darajasiga keltirish;
Oʻrmon fondi obyektlarini yongʻindan qoʻriqlash va uy-joy fondi obyektlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash.
Aziz yurtdoshlar, Sizlarni joriy yilning 10-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar «Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb-30 kun” tadbirida faol ishtirok etishlaringizni soʻraymiz. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish markazi.  

Maʼrufjon Hayitov,
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish markazi guruh boshligʻi katta serjant.