Awesome Image

“DOLZARB 30 KUN” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA  

#ДОЛЗАРБ_30_КУН 

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Respublikamizda joriy yilning 10-iyulidan 10-avgustiga qadar “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 
30 kun”lik eʼlon qilingan. Ushbu farmoyish ijrosini taʼminlash hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi tizimida yongʻinga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish, soha mutaxassislarining tajriba va koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida bir qator amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda. 


Korxona Favqulodda vaziyatlar xizmati mutaxassislari, Uran ishlab chiqarish zavodi rahbariyati va “NKMK” AJ OYOXTTEM xodimlari bilan hamkorlikda Uran ishlab chiqarish zavodida oʻtkazilgan navbatdagi mashgʻulotda ham ayni jihatlarga eʼtibor qaratildi. Tadbirda zavod ishchi-xizmatchilari bilan favqulodda holat yoki yongʻin kelib chiqqanda qanday harakat qilishlari hamda ishchi-xizmatchilarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish, moddiy boyliklarni samarali qutqarilishi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi. 

Mashgʻulotlar dasturiga asosan yongʻin xavfsizligi texnikalari va transport vositalari namoyish qilinib, ishtirokchilarga bu borada tushunchalar berildi.
Shuningdek, Uran ishlab chiqarish zavodi rahbariyati ishtirokida davra suhbati oʻtkazilib, unda “NKMK” AJ OYOXTTEM xodimlari tomonidan “Dolzarb 30 kun”likning ahamiyati, amalga oshirilgan tadbirlar va kelgusidagi rejalar boʻyicha fikr almashildi.

✍️ "Navoiyuran" DK axborot xizmati