Awesome Image

FRANSIYA BILAN HAMKORLIK TOBORA MUSTAHKAMLANMOQDA

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-22-noyabr kunlari Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi), “Navoiyuran” DK hamda Fransiyaning “Orano Mining” kompaniyasi o‘rtasida uran qazib olish va qayta ishlash sohasida xamkorlikni kengaytirish bo‘yicha uch tomonlama Strategik hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolangan edi. Unga ko‘ra hamkorlikda yangi loyihalar generatsiyasini ishlab chiqish belgilangan.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish va ma’lumotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Orano Mining” kompaniyasi mutaxassislardan iborat delegatsiya “Navoiyuran” DKga tashrif buyurdi.

Hozirda delegatsiya ushbu maydonlarda bo‘lib, mavjud birlamchi materiallar hamda ma’lumotlar bilan yaqindan tanishib, ob’ektlar (Aktau va Kinir) hududiga chiqqan holda, ularning infratuzilmalarini o‘rganishmoqda.

 "Navoiyuran" DK axborot xizmati