Awesome Image

FRANSIYALIK MUTAXASSIS “NAVOIYURAN” DK BOSH DIREKTORIGA MASLAHATCHI BO‘LDI

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 14-iyuldagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Navoiyuran” davlat korxonasini rivojlantirish va transformatsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da korxona boshqaruv lavozimlariga xorijiy mutaxassislarni va ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha ham vazifalar belgilangan.

 

Geologiya sohasi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga ega Jerard Fries korxona bosh direktorining geologiya bo‘yicha maslahatchisi sifatida ish boshladi.  

 

U bunga qadar Fransiya, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Rossiya va Gabon davlatlarining Orano mining, IFP Energies Nouvelles, Total, Veolia Environnement, BeicipFranlab, Elf Gabon, CGGVeritas, KATCO kabi nufuzli kompaniyalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.