Awesome Image

GEOLOGLAR SHARAFLANDI

Bugun, 13-aprel kuni Konimex tumani Zafarobod qo‘rg‘onidagi “Yoshlik” madaniyat va sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan bayram tadbirida korxona va uning tizimida mehnat qilayotgan geologiya sohasi fidoyilari, faxriylar, muhandis-texnik xodimlar va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
 
Tadbir avvalida “Navoiyuran” DK Bosh direktori Djamal Fayzullayevning tizimda mehnat faoliyatini olib borayotgan barcha soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini, Bosh direktorning birinchi o'rinbosari - bosh muhandis A.Saparov o‘qib eshittirdi.
 
Tantanali tadbirda korxonadagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, O‘zbekiston Respublikasining jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarilishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan bir guruh ishchi-xodimlar Faxriy yorliq va Tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
 
Xususan, 10 nafariga Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining “Faxriy yorlig‘i” hamda “Navoiyuran” DK va 6-Birlashgan kasaba uyushmasi Qo‘mitasining Qo‘shma qaroriga asosan 20 nafariga korxona “Faxriy yorlig‘i”, 10 nafariga “Tashakkurnoma”lar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
 
Shodiyona "Farxod" va "Yoshlik" madaniyat uyi badiiy jamoalari hamda xonandalarining kuy-qo‘shiq va raqslari bilan davom etdi.
 
Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz geologlar!