Awesome Image

GERMANIYAGA SAFAR DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berganimizdek, “Navoiyuran” DK delegatsiyasi Germaniyaning bir qancha shaharlarida bo‘lib, mazkur davlatning yirik sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishmoqda. 

Jumladan, Atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) hamda GRI va Barqaror rivojlanish hisoboti boʻyicha seminar-treninglarda ishirok etishmoqda. Tashrif dasturiga asosan delegatsiya vakillari guruhlarga bo‘lingan holda bir qator kompaniyalarning ESG bo‘yicha hisobotlarini o‘rganishdi, kompaniyalar faoliyati bilan bog‘liq nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Shundan so‘ng, seminar-treningning nazariy qismida olingan ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida Bremen shahridagi Airbus kompaniyasi, Volsfburg (Wolfsburg) shahridagi Volkswagen avtokonserni va Velzov (Welzow) shahrida joylashgan ko‘mir qazib olish karerlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, karer maydonining rekultivatsiya jarayonlari, korxonaning atrof muhitga va aholiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari o‘rganildi.

✍️ "Navoiyuran" DK axborot xizmati