Awesome Image

HAR BIR BOLA MEHR VA E’TIBORGA MUNOSIB

Ijtimoiy mas’uliyat “Navoiyuran” DK faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga va o‘zgaralar parvarishiga muhtoj bo‘lgan bolajonlarga shodlik ulashish, ularning holidan xabar olish va ko‘ngillarini ko‘tarish doimiy an’anaga aylangan. 

 

Joriy yil ham korxona rahbariyatining tashabbusi bilan shirinliklar to‘plamidan iborat sovg‘alar Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 25-sonli maktab-internati tarbiyalanuvchilariga yetkazildi. 

 

Karmana tumanida joylashgan ushbu muassasada 205 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlar o‘qib, bilim olishmoqda. 

 

Ularga 150 nafar o‘qituvchi va tarbiyachilar ta’lim-tarbiya berishadi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning sog‘liqlari 5 nafar shifokor va hamshiralar tomonidan doimiy nazoratga olingan.


 
Kirib kelgan yangi 2024-yil munosabati bilan tashkil etilgan ushbu xayriya tadbirida “Navoiyuran” DK 6-Birlashgan kasaba uyushmasi Qo‘mitasi raisi D.Temirov ishtirok etib, tarbiyalanuvchilarga "Navoiyuran" DK rahbariyati va jamoasining tabrigi va tilaklarini yetkazdi hamda sovg‘alarni topshirdi.

 

Mazkur sovg‘alar muassasadagi bolalar bilan birgalikda, maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 10 nafar va uy ta’limida bo‘lgan 9 nafar o‘quvchilarga ham yetkazildi. 

 

Maktab-internat rahbariyati va o‘qituvchi-pedagoglari ko‘rsatilgan bunday e’tibor uchun tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.