Awesome Image

HUDUDIY TARMOQLARARO SANOAT YARMARKASI YAKUNLANDI

20-21 oktabr kunlari Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi yakuniga yetdi. Ikki kun davom etgan yarmarka davomida ishtirokchilar o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishib, cooperation.uz elektron kooperatsiya portali orqali ko‘plab hamkorlik shartnomalarini imzolashga erishdi.

 Sanoat yarmarkasi ishtirokchilari rivojlanish istiqbollarini belgilash, kelgusi yil uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va buyurtmalarni shakllantirish imkoniga ega bo‘ldilar.

 Shuningdek, hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi yakunida 50dan ortiq korxona, kompaniya, xususiy tadbirkorlar va tashkilotlarning taqdimotlari turli nominatsiyalar bo‘yicha baholanib, faol ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 Xususan, “Navoiyuran” davlat korxonasi ham "Eng namunali stendi bilan ishtirok etganligi uchun" alohida rag‘batlantirilib, viloyat hokimining Tashakkurnomasi topshirildi.

 "Navoiyuran" DK axborot xizmati