Hurmatli hamkasblar!
Joriy yilning 30-iyulidan 30-avgustiga qadar yurtimiz boʻylab “Obodonlashtirish oyligi” oʻtkazilmoqda.
Ushbu oylik doirasida “Navoiyuran” davlat korxonasi va uning hududlardagi tarkibiy boʻlinmalarida ham obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirish choralari belgilangan.
Sizlardan mazkur oylikda faol ishtirok etib, oʻzingiz faoliyat yuritayotgan korxona, sex, zavod, boʻlinma hamda konlar hududining tozaligiga va obodonchiligiga masʼuliyat bilan munosabatda boʻlishga chorlaymiz.
✍️ "Navoiyuran" DK axborot xizmati