Awesome Image

ILMIY FAOLIYAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi 319-sonli qarorining “Uran xomashyosini qazib olish va chuqur qayta ishlash yo‘nalishida ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar, samaradorlikni oshirish bo‘yicha ishlanmalarni moliyalashtirish hajmlarini oshirish” yo‘nalishida bir nechta Ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan shartnomalar imzolangan va korxona ilmiy-texnik kengashi majlislarida ularni amalga oshirish holati va natijadorligini ta’minlash yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti xodimi, texnika fanlari doktori A.Qadirovning “Uran konlarining geotexnologik quduqlarini burg‘ilashda burg‘ilash suyuqligining to‘liq yutilishining oldini olish usulini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishining navbatdagi bosqichida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

A.Qadirov ushbu ishlanma yuzasidan taklif qilayotgan yechimlarida mahalliy xomashyolardan foydalanishga yondoshganligi mutaxassislar tomonidan ijobiy qabul qilindi.

Korxona mas’ul rahbarlari N.Urdabayev va X.Axadov tomonidan uran bo‘yicha geologiya-qidiruv va qazib olish jarayonlarida quduqlarni burg‘ilash ishlarida ekologik talablarga rioya etilishi, reagentlarni tejamkor sarflash bugungi kunda juda ahamiyatli va dolzarb masala ekanligi ta’kidlandi.

✍️ "Navoiyuran" DK axborot xizmati