Awesome Image

ILMIY FAOLIYAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi 319-sonli qarorining “Uran xomashyosini qazib olish va chuqur qayta ishlash yo‘nalishida ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar, samaradorlikni oshirish bo‘yicha ishlanmalarni moliyalashtirish hajmlarini oshirish” yo‘nalishida bir nechta Ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan shartnomalar imzolangan va korxona ilmiy-texnik kengashi majlislarida ularni amalga oshirish holati va natijadorligini ta’minlash masalalari muhokama etib borilmoqda. 

Navbatdagi yig‘ilishda “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi xodimlari R.Alimov va F.Sodiqovlar ishtirok etishdi. Ilmiy xodimlarning “Lantanoidlar guruhi elementining metall yoki oksidi ko‘rinishidagi tijorat mahsulotini olish uchun yer ostida tanlab eritish eritmalaridan kamyob yer elementlarini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishining keyingi bosqichida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobot korxona mas’ul rahbarlari tomonidan muhokama etildi. Xususan, A.Saparov, M.Kurbanov va R.Sobirovlar tomonidan  ilmiy-tadqiqot ishining maqsadi uran bilan birgalikda mahsuldor eritmalarda mavjud yo‘ldosh kamyob yer elementlarni selektiv ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda bugungi kunda dunyo bozorida talab yuqori bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqishini yo‘lga qo‘yishga qaratilganligiga urg‘u berildi. Shuningdek ilmiy-texnik ishlanmasi muvaffaqiyatli olib borilayotganligi ta’kidlandi.

✍️ "Navoiyuran" DK axborot xizmati