“Navoiyuran” DKda “Jamoaviy ishlash va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Biznes trener Alisher Fayzullayevning ishtirokchilarning jamoa bilan ishlash va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, bu borada qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan seminarida korxona direktorlari, boshqarma, bo'lim va xizmat boshliqlari ishtirok etishdi.
Trening davomida rahbarlarning samarali jamoaviy ish, qadriyatlarni rivojlantirish, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlashni yaxshilash, ishonch va muloqotni mustahkamlash, nizolarni konstruktiv hal qilish, rol va vazifalarning aniqligi, jarayonda faollik ko'rsatish, muvaffaqiyatni birgalikda nishonlash bo‘yicha bilimlari mustahkamlandi.
Shuningdek, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, samarali muloqot, strategik fikrlash, mas’uliyat, motivatsiya, ishontirish, ijodkorlik, emotsional intellekt, halollik, moslashuvchanlik kabi boshqa asosiy yetakchilik qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha turli xil amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.
"Navoiyuran" DK axborot xizmati