Awesome Image

KONSTITUTSIYA — XALQCHIL DAVLAT, BARQAROR TARAQQIYOT VA FAROVON HAYOT ASOSI!

Bugun respublikamizning barcha hududlarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi keng nishonlanmoqda. Xususan, “Navoiyuran” DKda ham ushbu ayyom munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda korxona rahbariyati, bo‘lim va xizmat boshliqlari, Uran ishlab chiqarish zavodi muhandis-texnik xodimlar ishtirok etishdi. Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika instituti prorektori, tarix fanlari nomzodi, dotsent X.Qurbonov va institut katta o‘qituvchisi U.O‘tamurodovlar taklif etildi. 

Tadbirni "Navoiyuran" davlat korxonasi Bosh direktori o‘rinbosari A.Oltinov kirish so‘zi bilan ochib, barcha xodimlarni bayram bilan tabrikladi hamda bosh Qomusimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni xususida to‘xtalib o‘tdi.  

O‘z navbatida tarixchi olimlarning mavzu yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. Yig‘ilganlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning ahamiyati, mamlakatimizda olib borilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Asosiy qonunimizda belgilangan konstitutsiyaviy normalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash barcha sohalarda “inson qadri”ning tom ma’noda yuksalishiga, davlat va jamiyat hayotini “inson – jamiyat – davlat” degan tizimga asoslangan yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini berishi qayd etildi.

Shuningdek, tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi videorolik namoyish etildi.

✍️ “Navoiyuran” DK axborot xizmati