Awesome Image

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – DAVLAT VA JAMIYAT YANGILANISHIDA MUHIM OMIL

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan “Navoiyuran” DK va uning tarkibiy bo‘linmalarida huquqni muhofaza qilish organlari va muhandis-texnik xodimlar ishtirokida targ'ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Navbatdagi tadbirlar “Uran va noyob metallar geologiyasi” IICHM “Bukantog‘” GQE, “Uchquduq” ICHMga qarashli “Uchquduq” GTK hamda Sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexida o‘tkazildi. Muloqotlar davomida korxonaning komplaens xizmati boshlig‘i M.Sanaqulov, Zarafshon ixtisoslashtirilgan prokurori, NKMK IIB tezkor-qidiruv xizmati boshlig‘i va boshqa mas’ullarning mavzu yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. 

Korxona ishchi-xodimlarini hisobga olishdan tortib, korxona majburiyatini bajarishgacha bo‘lgan jarayonlarning avtomatlashtirilishi korxonada ishlovchilar va davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda inson omilini cheklab, tizimni yanada shaffoflashishiga zamin yaratishi ta’kidlandi.