Awesome Image

KORXONA ILMIY FAOLIYATI

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Geologiya fanlari universiteti tasarrufidagi “Mineral resurslar instituti”, “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” va “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” davlat muassasalari hamda “Navoiyuran” DK o‘rtasida “Barcha konlar bo‘yicha geologik va geofizik ma’lumotlarni raqamlashtirish va ArcGIS asosida ma’lumotlar bazasini yaratish” yo'nalishida xo‘jalik shartnomasi tuzilgan. 

 

Ushbu hujjatga asosan korxona rahbariyati va muhandis-texnik xodimlari hamda muassasalar ilmiy xodimlari ishtirokida geologiya va geologiya-qidiruv ishlariga oid bajarilgan ishlar taqdimotlari o‘tkazib borilmoqda.

 

Navbatdagi taqdimotda fond va arxiv materiallarini jamlash va tizimlashtirish, ma’lumotlar bazasini yaratish strukturasini ishlab chiqish, kartografik ma’lumotlar bazasini yaratish va to‘ldirish, xaritalarni transformatsiya qilish vakoordinatalarga bog‘lash, geologik qirqimlarni “CorelDraw” dasturi yordamida raqamlashtirish, “Navoiyuran” DK xodimlariga zamonaviy dasturiy majmualar bilan ishlashni o‘rgatish va amaliy ko‘nikmalarni oshirish kabi bir qator mavzularda muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

 

“Navoiyuran” DK axborot xizmati