Awesome Image

KORXONA XOTIN-QIZLARI DOIMIY E'TIBORDA

Bugun ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, qonuniy manfaatlarini himoyalash, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar “Navoiyuran” DKda izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda. 

Korxonada mehnat qilayotgan 8900 nafar ishchi-xodimlarning 1000 nafarga yaqinini xotin-qizlar tashkil qiladi. 

Xotin-qizlarni mehnat sharoitlarini yaxshilash va ish faoliyatida mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida muntazam ishlar olib borildi. 

Kam ta’minlangan, og‘ir ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron farzandi bor ayollarning ro‘yxatlari shakllantirildi. Xotin-qizlar kengashi va bo‘linmalar tomonidan nogiron farzandlarini tarbiyalayotgan xotin-qizlarga oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari berildi.

Korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini yaratish maqsadida, tegishli organlarning mutasaddi xodimlari ishtirokida seminarlar tashkil etildi. 

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, oilaviy yoki boshqa sabablar bilan muammosi aniqlangan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda individual yondashuvlar asosida ishlar olib borildi. 

Ishchi-xodimlar oilalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarga sabab bo‘layotgan omillar va shart-sharoitlar doimiy o‘rganib borilmoqda.  

2023-yil davomida korxona xotin-qizlarining ilg‘or vakillaridan 43 nafari korxona rahbariyati va Navoiy viloyat hokimligining faxriy yorliqlari, tashakkurnomalari, shuningdek, “Konchilik shuhrati” unvonlari  bilan taqdirlandi.