Awesome Image

KORXONADA AUTSORSING USULIDA BURG‘ILASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

“Navoiyuran” davlat korxonasida ishlab chiqarish hajmini oshirish va burg‘ilash ishlari rejasini o‘z vaqtida bajarish maqsadida autsorsing usulida burg‘ilash ishlari amalga oshirilmoqda.



Xususan, joriy yilda “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni “Uchquduq” geotexnologik konida “O‘zbekgidrogeologiya” davlat muassasasi bilan tuzilgan shartnoma asosida 10 dona burg‘ilash uskunasi jalb qilinishi belgilangan. Shundan may oyida 4 ta URB – 25 va URB 2A-2D burg‘ilash uskunalari texnologik quduqlarni burg‘ilash va qurish uchun keltirilib, brigadasi bilan birgalikda ish boshladi.  “O‘zbekgidrogeologiya” DM korxonasiga 2024 yilda 86 400 metr burg‘ilash ishlari majburiyati qo‘yilgan. Iyul oyida yana 6 ta burg‘ilash qurilmasi keltirilishi ko‘zda tutilgan.



"Navoiyuran" DK axborot xizmati