Awesome Image

KORXONADA ESG TAMOYILLARINI TATBIQ ETISHNING YAKUNIY BOSQICHI AMALGA OSHIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq “Navoiyuran” DKni transformatsiya qilish hamda xalqaro talablar asosida “Environment, Social & Governance” (ESG) tamoyillarini joriy etish vazifasi topshirilgan. 

 

Shu maqsadda ESG diagnostikasini o‘tkazish, barqaror rivojlanish hisobotlarni tayyorlash va ESG reytingini olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish maqsadida “Big four” xalqaro audit korporatsiyalar o‘rtasida tanlov o‘tkazilib, “PricewaterhouseCoopers” kompaniyasi g‘olib deb topildi hamda shartnoma imzolandi.

 

Kompaniya mutaxassislari tomonidan Barqaror rivojlanish hisobotini tayyorlash uchun 26 ta bo‘linmalar ajratib olinib, mazkur bo‘limlar mas’ul xodimlari bilan videoqo‘ng‘iroq orqali suhbatlar tashkil etildi.

 

Shuningdek, joriy yil ESG diagnostikasini o‘tkazishni yakunlash, barqaror rivojlanish hisobotlarini tayyorlash maqsadida “PricewaterhouseCoopers” kompaniyasi vakillari “Navoiyuran” DKda bo'lib turibdi. 

 

Tashrif davomida korxonaning 30 dan ortiq bo‘lim va bo‘linma rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv mobaynida ESG ta’rifi va uning mohiyati, ushbu yo‘nalishda jahonda bo‘layotgan o‘zgarishlar, barqaror rivojlanish hisobotlarni tayyorlashda va ESG reytinglarini olishda urg‘u berilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

 

Korxona mas’ul rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

 

Ma’lumot uchun: 1849-yilda Londonda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Londonda joylashgan PricewaterhouseCoopers kompaniyasi butun dunyo boʻylab kompaniyalar tarmog'iga egalik qiluvchi xalqaro audit va konsalting korporatsiyasidir. Korporatsiya audit, buxgalteriya hisobi, xalqaro soliqqa tortish, transfer narxlari, moliyaviy konsalting, yuridik xizmatlar va risklarni boshqarish sohasida ishlaydi.