Awesome Image

KORXONADA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI KENG JORIY ETILMOQDA

Bugungi kunda “Navoiyuran” davlat korxonasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni kengaytirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Xususan, birgina o‘tgan 2022-yilda quvvati 80 kVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasi korxona boshqarmasining ma’muriy binosiga o‘rnatildi. Ushbu fotoelektr stansiyasi o‘rtacha 104,0 ming kVt*s elektroenergiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, ma’muriy binoning elektr energiyasiga bo‘lgan talabini 90 % ga ta’minlab kelmoqda.

 

Bundan tashqari, 2023-yilda “Zafarobod” kon boshqarmasining 1,2,3,4-son geotexnologik konlarida umumiy quvvati 500 kVt, “Uchquduq” IChMda quvvati 50 kVt va “Nurobod” IChMda quvvati 50 kVt bo‘lgan fotoelektr stansiyalari ishga tushirildi. Ushbu umumiy quvvati 600 kVt bo‘lgan fotoelektr stansiyalari hisobiga yillik o‘rtacha 850,0 ming.kVt*s elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

 

“Navoiyuran” DKning 2023-2024-yillarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni kengaytirish maqsadida yangi imkoniyatlar va ishga tushiriladigan quvvatlar hisobiga, qo‘shimcha quvvati 
1 500 kVt bo‘lgan fotoelektr stansiyalarini joriy etish bo‘yicha “SOLAR ENERGY NAVOIY” MChJ tomonidan o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgan. 

 

Shuningdek, quyosh suv isitish qurilmalarini (geliokollektor) joriy etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Hozirda 4 ta ob’ektni doimiy issiq suv bilan ta’minlash maqsadida 120 komplekt gelioqurilmalar o‘rnatildi va ushbu gelioqurilmalarni joriy etish hisobiga yiliga o‘rtacha 140,7 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.

 

✍️ "Navoiyuran" DK axborot xizmati