Awesome Image

MARKSHEYDERLIK – KONCHILIK SANOATIDA MUHIM BOʻGʻIN

Marksheyder- kon muhandisi, yer osti va uning yuzasining tegishli uchastkalarida fazoviy va geometrik oʻlchovlarni oʻtkazish boʻyicha mutaxassis, togʻ-kon va geologik qidiruv ishlarida oʻlchov natijalarini rejalar, xaritalar va uchastkalarda aks ettiruvchi mutaxassis.

Marksheyderlik xizmatining konchilik yoʻnalishidagi asosiy vazifalari kon ishlarining xavfsiz borishini,  foydali qazilmalar konlaridan oqilona foydalanish, foydali qazilma shakli, oʻlchamlari, fazoviy joylashuvi, kon bosimi va yer yuzasining konlarni qazish vaqtida deformatsiyalarni oʻrganadi. Ishlar aniq reglament asosida geodezik oʻlchash vositalari yordamida dala ishlari va kameral ishlarga boʻlinadi. Murakkab hisob-kitoblardan soʻng natijalar olinadi. 

Bugungi kunda “Navoiyuran” DKda boshqarma marksheyderlik xizmati korxonada marksheyderlik ishlarini muvofiqlashtiradi. “Zafarobod” kon boshqarmasi, “Uchquduq” va “Nurobod” ishlab chiqarish maydonlari hamda “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazida 20 nafarga yaqin muhandis- marksheyderlar faoliyat yuritadi. 

Barcha boʻlinmalar Shveysariyaning “LEICA” firmasida ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikda oʻlchash imkonini beradigan zamonaviy elektron taxeometrlar, joy koordinatalarini yuqori aniqlikda oʻlchovchi sunʼiy yoʻldosh qabul qilish tizimlari bilan taʼminlanmoqda. 

Maʼlumot uchun: Marksheyderiya - soʻzi nemis tilidan olingan boʻlib “chegarani belgilamoq, chegarani ajratmoq” kabi maʼnolarni bildiradi.

✍️ “Navoiyuran” DK axborot xizmati