Awesome Image

MEHNAT FAXRIYLARIGA EHTIROM KO‘RSATILDI

Bugun "Oqshom" tantanalar maskanida O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan konchilik va metallurgiya sohasida ko‘p yillar mehnat faoliyatini olib borgan bir guruh pensiyadagi faxriylar ishtirokida bayramona tadbir tashkil etildi. 

 

Tadbirda “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov, O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashi raisi A.Farmanovlar ishtirok etib, faxriylarni kasb bayrami bilan tabrikladi. 

 

“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamg‘armasi” DM mehnat faxriylarining tajribalari doimo yoshlarga namuna maktabi bo‘lib kelgani e’tirof etildi.

 

Shuningdek, konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tomonidan tashkillashtirilayotgan  tadbirlarda va kengash faoliyatida faol ishtirok etgani va ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi faolligi hamda sana munosabati bilan bir guruh faxriylar Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashining “Faol faxriy ” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

Jumladan, hozirda Zafarobod qo‘rg‘onida istiqomat qilayotgan mehnat faxriysi, “Navoiyuran” davlat korxonasi pensioneri Tamaraxon Arikmanbetovaga ham ushbu ko‘krak nishoni topshirildi. 

 

"Navoiyuran" DK axborot xizmati