Awesome Image

Moddiy-texnik ta’minot uzluksizligini ta’minlash ishlab chiqarish sifat samaradorligida muhim omildir

Markaziy moddiy-texnika bazasi “Navoiyuran” davlat korxonasining muhim bo‘linmalaridan biri hisoblanadi. MMTBning asosiy vazifasi korxona bo‘linmalarini, belgilangan reja ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida va uzluksiz bajarilishi uchun yoqilg‘i-energetika resurslari, kimyoviy reaktivlar, uskunalar, harakatlanuvchi tarkib, transport vositalari, mexanizmlar va boshqa moddiy boyliklar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etishdan iborat.
 
Bugungi kunda MMTB tarkibida bojxona ombori, ish kiyimlari va shaxsiy himoya vositalari ombori, metall va qurilish materiallari ombori, burg‘ilash uskunalari va ehtiyot qismlar ombori, kapital qurilish mollari ombori, 2 ta suyuq kimyoviy reagentlar ombori, quruq sochiluvchan materiallar ombori, avto ehtiyot qismlar ombori, yoqilg‘i ombori va ichki ombor mavjud.
Joriy yilda MMTBda 2881-sonli avto ehtiyot qismlari omborxonasi uchun 21x24 o‘lchamdagi yangi bino qurildi, 2813-sonli suyuq reagentlar omborxonasidagi sulfat kislotasini saqlovchi 630 m3 sig‘imlar to‘liq yangisiga almashtirildi. Hozirda yoqilg‘i-moylash materiallari omborxonasida motor moylari saqlash uchun
12x30 o‘lchamdagi omborxona qurilmoqda.
 
Kelgusida omborxonalar sig‘imini oshirish uchun 24x72 o‘lchamdagi yangi omborxona binosini qurish, 138-raz’ezddagi suyuq reagentlar omborxonasi sulfat kislotasi saqlash sig‘imlari poddonini kapital ta’mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda.