Awesome Image

“NAVOIYURAN” DAVLAT KORXONASI NAMANGAN SHAHRIDA HUDUDIY TARMOQLARARO SANOAT YARMARKASIDA ISHTIROK ETDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-maydagi 195-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari Namangan shahrida “To‘qimachilik, charm-poyabzal, qurilish  materillari, elektro-texnika oziq-ovqat va mebelsozlik”  sohalariga  ixtisoslashgan  hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu yirik tadbirda “Navoiyuran” DK ham ishtirok etdi. Ikki kun davom etgan sanoat yarmarkasi yirik tarmoq korxonalariga kichik biznes va xususiy korxonalar bilan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish imkonini berdi. 

Mazkur tadbir doirasida korxona tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan jami 4,8 mlrd. so‘mlik 11 ta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

✍️ "Navoiyuran" DK axborot xizmati