Awesome Image

“Navoiyuran” davlat korxonasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha samaradorlikni oshirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi 

Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha samaradorlikni oshirish maqsadida Uran ishlab chiqarish zavodi ekstraksiya uchastkasida tadbir tashkil etildi. 

 

“Yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish va foydalanish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalarning tarqalishini chegaralash va bartaraf etish borasidagi harakatlar” mavzusidagi tadbirda ishchi-xodimlarning bilim va ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi. 

 

Xususan, yong‘inlar turlari va ularning profilaktikasi, yong‘inda harakatlanish tartibi, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish, vaziyatlar tarqalishini chegaralash va bartaraf etish rejasiga muvofiq harakat qilish hamda bo‘linmadagi mavjud avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmasini avtomatik va qo‘lda ishlatish tartibi tushuntirib o‘tildi. 

 

Tadbirda korxona rahbariyati va zavod ishchi-xodimlari, kuzatuvchilar va “NKMK” AJ hamda “Navoiyuran” DK ob’ektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazining yong‘in o‘chiruvchilari va texnikalar jalb etildi.

 

"Navoiyuran" DK axborot xizmati