Awesome Image

“NAVOIYURAN” DAVLAT KORXONASIDA JORIY YIL 9 OYIDAGI FAOLIYATI YAKUNLARI VA PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI MUHOKAMA ETILDI

Joriy yilning 10 oktabr kuni “Navoiyuran” davlat korxonasi Bosh direktori Jahongir Xasanov raisligida 2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomidagi faoliyati yakunlari va prognoz ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash bo‘yicha eng muhim vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bosh direktor o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, korxona bo‘linmalarining bosh muhandislari va o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislari, bo‘limlar va xizmatlar boshliqlari, shuningdek, temir yo‘l va avtotransport uchastkalari boshliqlari ishtirok etishdi.

 

Dastlab, Bosh direktor korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarining  2022 yil yanvar-sentabr oylaridagi ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati yakunlari va joriy yil ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, kelayotgan 2023 yilda ham korxonada mahsulot ishlab chiqarishning barqaror o‘sishini va 2030 yilgacha rivojlantirish istiqbollarini taminlashga qaratilgan birlamchi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tezkor va samarali tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha o‘z vaqtida va kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda korxonaning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va texnologik jarayonlarni tashkil etish natijalari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda bosh direktor o‘rinbosarlari, ishlab chiqarish maydonlari, boshqarma boshliqlari, shuningdek, geotexnologik konlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Xususan, uran qazib olish va quduqlarni tayyorlashda belgilangan parametrlarni taminlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar, 
shuningdek, 2022-
yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish dasturining belgilangan parametrlarini qatiy taminlash hamda 2023 yil uchun ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar
, tovar-moddiy boyliklarni, shu jumladan investitsiya loyihalarida ko‘zda tutilgan jihozlarni o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, uran qazib
olish tarmoqlarini asosiy kimyoviy reagentlar bilan, shu jumladan sulfat kislotasi
bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal etish, “Urankamyobmetgeologiya” AJ aktivlarini
“Navoi
yuran” DKga o‘tkazish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish davrida barqaror faoliyat yuritish maqsadida “Urankamyobmetgeologiya” AJ bo‘linmalarini zarur ehtiyot qismlar bilan
ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar
, 2022-2023 yillarda eksportni ta’minlash, shuningdek, eksport mahsulotini tranzit orqali olib o‘tishga ruxsat olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
tashkiliy-texnik chora-tadbirlar
kabi 15 ga yaqin masalalar ko‘rib chiqildi va muhokama etildi.
Bundan tashqari, barcha ishlab chiqarish maydonlari va geotexnologik konlari rahbarlari konlarni kuz-qish davrida barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha hisobot berishdi. 

Muhokamalar jarayonida 2022-yilga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini so‘zsiz bajarish va korxonaning tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi holati va “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun talablari ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalari tanqidiy  tahlil etildi hamda ularning ijro mexanizmlari bo‘yicha takliflar bildirildi.

Yig‘ilish so‘ngida korxona faoliyati samaradorligini oshirish, joriy yilga mo‘ljallab tasdiqlangan barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga qaratilgan qator vazifalar belgilab olindi.

  

"Navoiyuran" DK axborot xizmati