Awesome Image

“NAVOIYURAN” DAVLAT KORXONASIDA MUSTAQILLIK BAYRAMI KENG TANTANA QILINDI

“Navoiyuran” DKda mustaqillik bayrami keng tantana qilinmoqda. Korxonaning olis cho‘l hududlarini ham qamrab olgan bayram shodiyonalarining asosiy tadbiri bugun boshqarma jamoasini bir davraga jam qildi. Boshqacha aytganda, qariyb bir oydan buyon korxonaning Uchquduq, Nurobod, Paxtachi va Zafarobod maydonlari jamoasi hamda hudud aholisiga yuqori kayfiyat ulashgan bayram tantanalari davom etmoqda. Bayramona bezatilgan faollar zali karnay-surnay sadolari ostida mehmonlarni chorladi.

 

"Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirida “Navoiyuran” DK rahbariyati, boshqarma mutaxassislari, Uran ishlab chiqarish zavodi va tarkibiy bo‘linmalardan taklif etilgan ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

 

Bayram tadbirini korxona bosh direktori J.Xasanov kirish so‘zi bilan ochib, korxonada mehnat qilayotgan ko‘p ming sonli ahil jamoani eng ulug‘, eng aziz bayram bilan qizg‘in muborakbod etdi.

 

Shodiyona davomida korxonada ko‘p yillik fidokorona mehnati, O‘zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishdagi va jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarilishiga qo‘shgan munosib hissasi hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan korxona ishchi-xodimlaridan 20 nafariga Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri hamda korxona bosh direktorining Faxriy yorliqlari, II va III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, “Navoiyuran faxriysi” unvonlari topshirildi.

 

Bayram tantanalari “Farhod” va “Yoshlik” madaniyat saroyining san’at ustalari va badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan katta gala-konsert bilan davom etdi. Unda ona Vatanni, istiqlolni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangrab, barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.

 

"Navoiyuran" DK axborot xizmati