Awesome Image

“NAVOIYURAN” DK AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR MARKAZI TOMONIDAN 2023-YILDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

“Navoiyuran” DK Axborot kommunikatsiya texnologiyalar markazi tomonidan 2023 yilda telekommunikatsiya tizimlarini kengaytirish loyihasi doirasida ob’ektlar o‘rtasida uzluksiz va sifatli aloqani ta’minlash, ob’ektlarni, ish jarayonlarni onlayn ravishda kuzatish va qo‘riqlash tizimini kengaytirish, foydalanuvchining axborot resurslardan to‘liq hamda aniq ma’lumot almashuvini tashkil etish, masofadan turib video yig‘ilishlarni, imtixonlarni, malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazish tizimini kengaytirish, yangi ochiladigan va faoliyat yuritayotgan ob’ektlarda yo‘nalish bo‘yicha yong‘in xavfsizligini ta’minlash ishlari amalga oshirildi. 

Bugungi kunda korxonada lokal tarmoq tizimiga ulanish nuqtalari 1 292 tani, radiorele aloqa uskunalari 88 tani, videokonferens aloqa foydalanuvchilari soni 112 tani tashkil etmoqda. O‘tgan 2023 yil davomida 175 000 metr optik tolali kabellar yotqizildi, IP telefon abonentlar soni 1 322 taga yetdi. Sputnik aloqasi orqali 3 ta uzoq hudud maydonlari korxona tarmog‘iga ulandi. Trank aloqa (ratsiya) 66 taga yetkazildi. 

Yong‘in va qo‘riqlash tizimlari bo‘yicha 4 ta videokuzatuv boshqaruv punktlari tashkil etildi, videokuzatuv kameralari soni 721 taga, yongin datchiklari soni 11 506 taga, qo‘riqlash datchiklari soni 1 790 taga yetkazildi. 

2023-yilda server xonalarini texnik talablarga muvofiqlashtirish loyihasi doirasida quvvat manbaini takomillashtirish, monitoring tizimini yaratish, server qurilmalarini takomillashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, sovutish tizimini takomillashtirish ishlari olib borildi. 2023-yilda kirish nazorati va boshqaruv tizimida 2 ta server, 64 ta kirish-chiqish punktlari, 128 ta Face ID kirish-chiqish qurilmalari va kompyuterlar o‘rnatildi.

“Navoiyuran” DK axborot xizmati