Awesome Image

“NAVOIYURAN” DK STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA, SERTIFIKATLASHTIRISH VA SIFAT MENEJMENTI TIZIMLARI XIZMATI TOMONIDAN 2023-YIL DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

Xizmat mutaxassislari tomonidan bir qator bo‘linmalar laboratoriyalarining akkreditatsiya protsedura hujjatlari, shuningdek, ma’qullash protsedura hujjatlari ekspertizadan o‘tkazildi va rasmiylashtirildi. 

Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatikasi Markaziy laboratoriyasining Putur yetkazmasdan tekshirish laboratoriyasi akkreditatsiya doirasini kengaytirdi. “Uran va noyob metallar geologiyasi” IIChMning qiyoslash laboratoriyasi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK inspeksion nazoratidan o‘tdi.

Korxona bo‘linmalarining rejalashtirilgan 33 ta ob’ektlarida, o‘lchash vositalarining qiyoslashdan o‘tganligi va to‘g‘ri holatda ishlayotganligini aniqlash maqsadida, metrologik  nazoratlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat standarti talablari asosida tashkilotning 29 ta standartlari ishlab chiqildi va korxona buyrug‘i bilan joriy etildi.

“Navoiyuran” DKning 52 nafar mutaxassislari xalqaro standartlar ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001 va ISO 50001 talablari asosida Integrallashgan Boshqaruv Tizimini ishlab chiqish hamda Integrallashgan Boshqaruv Tiziminining ichki auditi o‘quv kurslarida o‘qitildi hamda xalqaro toifadagi sertifikatlarga ega bo‘lishdi.      

Mart oyida IBTning ishchi guruhi tomonidan korxona Boshqarmasi, “Zafarobod” KB hamda Uran ishlab chiqarish zavodida ichki audit o‘tkazildi.

2023-yilning mart oyida Xalqaro sertifikatlashtirish kompaniyasi “CERT INTERNATIONAL” tomonidan sertifikatlashtirish auditining 1-bosqichi, aprelda 2-bosqichi o‘tkazildi.  

Sertifikatlashtirish auditlarida aniqlangan kamchiliklar korxonaning  tegishli mutaxassislari tomonidan to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng, “CERT INTERNATIONAL” xalqaro sertifikatlashtirish kompaniyasi tomonidan xalqaro sertifikatlar topshirildi.

“Navoiyuran” DK axborot xizmati