Awesome Image

“Navoiyuran” DKda dolzarb masalalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

“Navoiyuran” DKda tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov rahbarligida geologiya, tog‘-kon sanoati va metallurgiya sohalaridagi dolzarb masalalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda davlat rahbari hamda hukumat tomonidan soha oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar ijrosini ta’minlash, ishlar hajmini oshirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, sohaning barcha yo‘nalishlarida natijadorlik va samaradorlikka erishish lozimligi ta’kidlab o‘tildi. 

 

Shuningdek, mazkur yig‘ilishda korxonada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va marralar haqida ham so‘z bordi. Bunda korxonaning avvalgi rahbari Jahongir Xasanovning mehnatlari e’tirof etildi. 

 

Yig‘ilishda Jahongir Xasanov “Navoiyuran” davlat korxonasi Kuzatuv Kengashi a’zosi sifatida faoliyatini davom ettirishi yig‘ilganlarga ma’lum qilindi. Korxona Bosh direktori vazifasini bajarish tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Djamol Fayzullaev zimmasiga yuklatilganligi e’lon qilindi.

 

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilish tafsilotlari bo‘yicha vazirlikning hamda korxonaning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida xabar berildi.

 

Biroq, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "Navoiyuran" DKning avvalgi rahbari J. Xasanov bilan bog‘liq xabarlar turlicha talqin qilinib, jamoatchilikda salbiy fikr uyg‘otadigan sarlavhalar ostida e’lon qilish holatlari kuzatilmoqda.

 

"Navoiyuran" DK OAV va mustaqil blogerlardan bunday asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni va uni tarqatmaslikni so‘rab qoladi.

 

Zero, yolg‘on hamda inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan bunday asossiz xabarlarni tarqatish qonunchiligimizga ko‘ra tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. Buni axborot tarqatish sohasida faoliyat yuritayotgan har qanday jurnalist va blogerlar bilishi kerak bo‘lgan qoida ekanligini unutmasak bo‘lgani.

 

PS. Yuqorida qayd etilgan yig‘ilishda J. Xasanovning o‘zi ham ishtirok etganini fotolardan ham ko‘rish mumkin. Shuning o‘zi ham ayrim uydirma xabarlar asossiz ekanini isbotlaydi.

 

"Navoiyuran" DK axborot xizmati