Awesome Image

“NAVOIYURAN”GA XALQARO SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning mart oyida “CERT INTERNATIONAL” Xalqaro sertifikatlashtirish organi bosh mutaxassislari va auditorlari tomonidan Xalqaro standartlar ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001 talablariga asosan sertifikatlashtirish auditining birinchi bosqichi va aprel oyining so‘nggida ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

 

Audit so‘nggida kompaniya tomonidan “Navoiyuran” davlat korxonasi, xalqaro standartlar ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001 talablariga muvofiq "Integratsiyalashgan Boshqaruv Tizimi" Xalqaro Sertifikatiga loyiq deb topilgan edi.

 

Bugun, 15-may kuni “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktori J.Xasanov mazkur xorijiy tashkilot vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuv davomida “CERT INTERNATIONAL” Xalqaro sertifikatlashtirish organi auditori A.Alimov tomonidan ushbu xalqaro va milliy sertifikatlar korxona rahbariga topshirildi. Tadbirda so‘z olgan mehmon sertifikat talablari bundan keyin ham to‘liq bajarilishiga ishonch bildirdi va korxonaning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Ma’lumki, korxonaning mahsuloti bo‘lgan tabiiy uran to‘liq eksportga yo‘naltiriladi. Jahon bozorida mahsulotning xaridorgir bo‘lishini ta’minlashda bu kabi xalqaro sertifikatlarning ahamiyati muhim.

 

"Navoiyuran" DK axborot xizmati