Awesome Image

“NURLIKUM MINING” QO‘SHMA KORXONASI FAOLIYATINI JADALLASHTIRISH MUHOKAMA ETILDI

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 14-iyuldagi 319-sonli qarorida 2030-yilga qadar mavjud zaxiralarni kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga oshirish vazifalarini bajarishda “Nurlikum mining” O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasi ham bevosita ishtirok etishi belgilangan.

Ma’lumki, Fransiyaning “Orano mining” kompaniyasi va “Navoiyuran” DK “Nurlikum mining” qo‘shma korxonasining ta’sischilari hisoblanadi.

 “Nurlikum mining” O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasining bosh direktori Benua LEMONN (Benoit LEMONNE) “Navoiyuran” DKga ishchi tashrifi bilan keldi. Tashrifda “Navoiyuran” DK bosh direktori J.Xasanov bilan uchrashib, 2025- yilgacha bo‘lgan “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Muloqotlar davomida qo‘shma korxona tomonidan “Jingeldi” konida uranni qidirish va qazib olish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini jadallashtirish, burg‘ilash ishlari, shuningdek, sulfat kislotasiga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq masalalar yechimi borasida fikr almashildi.

Korxona rahbari yuzaga keladigan muammolarda texnik va amaliy jihatdan doimiy ko‘mak berishga tayyor ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, muntazam ravishda korxonaning mas’ul rahbarlari ishtirokida barcha masalalarni muhokama etib borish bo‘yicha kelishib olindi.   

 ️"Navoiyuran" DK axborot xizmati