Awesome Image

“NUROBOD” ISHLAB CHIQARISH MAYDONI PLASTMASSA QUVURLARI VA MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH SEXIDA  2023-YIL DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

Plastmassa quvurlari va mahsulotlari ishlab chiqarish sexi “Navoiyuran” DKning muhim bo‘linmalaridan biri hisoblanib, geotexnologik kon quduqlari uchun polietilen va polivinilxloriddan tayyorlangan turli o‘lchamdagi quvurlar ishlab chiqariladi.  

Sexda 2023-yil davomida mahsulot ishlab chiqarish 7763.1 tonnani tashkil qilib, 2022-yilga nisbatan 6525.7 tonna yoki 119% ga o‘sishga erishildi.

Sex jamoasi 2023-yilda o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan “Navoiyuran” davlat korxonasi rahbariyati tomonidan belgilab berilgan 7 200 000 kg NPVX mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasini 2023-yil 28-dekabr kuni holatiga to‘liq bajarishga erishdi.

Sex muhandis-texnik xodimlarning mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida o‘tgan 2023-yilning iyun oyida 120 kishilik zamonaviy ma’muriy-maishiy bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

2024-yilda 8702 tonna mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

“Navoiyuran” DK axborot xizmati