Awesome Image

QO‘RIQLASH OTRYADI XODIMLARI TAQDIRLANDI 

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Navoiyuran” davlat korxonasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda korxonaning ishlab chiqarish maydonlaridagi Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi xodimlari ishtirok etishdi. Dastlab “Navoiyuran” DK bosh direktorining birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis V.Nazarov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga Bosh direktor Dj.Fayzullayevning bayram tabrigini yetkazdi. 

Tantana davomida korxonadagi fidokorona mehnati, muhim va o‘ta muhim toifalangan ob’ektlarning qo‘riqlanishida o‘z xizmat majbariyatlariga sidqidildan yondashganligi bilan o‘z hamkasblariga namuna bo‘lib kelayotganligi uchun va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadining bir guruh xodimlari taqdirlandi. Xususan, 2 nafariga korxonaning “Navoiyuran Faxriysi” unvoni, 2 nafariga III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, 
8 nafariga Faxriy yorlig‘i va 5 nafariga Tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Shuningdek, korxonaning jamoat ishlaridagi faolligi uchun Navoiy maydoni guruh boshlig‘i S.Safarov 6-sonli Birlashgan kasaba uyushmasi Qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlandi.  

"Navoiyuran" DK axborot xizmati