Awesome Image

SANOAT DRAYVERLARI - ENERGETIKLAR SHARAFLANDI 

“Zafarobod” KBda 22-dekabr – Energetiklar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirga “Navoiyuran” DK va uning tarkibiy bo‘linmalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan energetika sohasi xodimlaridan bir guruhi taklif etildi.

 

Yig‘ilganlarga “Navoiyuran” DK Bosh direktori Dj.Fayzullayevning bayram munosabati bilan soha xodimlariga yo‘llagan tabrigi yetkazildi. Energetiklar korxona faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kasb sohiblari ekanligi ta’kidlandi.

 

Taqdirlash marosimida korxonada ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda Energetiklar kuni munosabati bilan korxona ishchi-xodimlaridan 14 nafariga korxona Bosh direktorining Faxriy 
yorliqlari hamda 15 nafariga “Navoiyuran” DK va 6-Birlashgan kasaba uyushmasi Qo‘mitasining Tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.