Awesome Image

XITOYNING CGNPC URC KOMPANIYASI VITSE PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV OʻTKAZILDI

Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari, “Navoiyuran” DK Bosh direktori Dj.Fayzullayev vazirlikning hamda korxonaning bir qator mas'ul-rahbarlari bilan birgalikda Xitoy Xalq Respublikasining CGNPC URC kompaniyasi vitse prezidenti boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Uchrashuvda Oʻzbekistonda uranning noanʼanaviy turdagi maydonlarida hamkorlikda geologiya qidiruv ishlarini olib borish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar oʻzaro manfaatdorlik shartlari asosida hamkorlikda geologiya qidiruv ishlarini olib borish boʻyicha memorandum imzoladilar.