Awesome Image

XUSH KELDING. YANG YIL!

“Navoiyuran” DK faollar zalida Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda korxona rahbariyati, bo‘lim va xizmat boshliqlari, muhandis-texnik xodimlar ishtirok etdi.

Dastlab, korxona Bosh direktori Djamal Fayzullayev ortda qolayotgan 2023-yil davomida erishilgan natijalar, kelgusidagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. 

Ta’kidlanganidek, joriy yil korxona uchun juda barakali va muvaffaqiyatlarga boy yil bo‘ldi. Ilmiy-ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv va burg‘ilash yo‘nalishida bir qator yutuqlarga erishildi, xalqaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi. Buning zamirida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, kasbga sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlar mujassam ekanligi qayd etildi.   

Tadbirda “Farhod” va "Yoshlik" madaniyat saroyi badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan bayram konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.