Awesome Image

YANGI BURG‘ILASH QURILMALARI ISHGA TUSHIRILMOQDA

Bugungi kunda “Navoiyuran” DKda geotexnologik konlardagi texnologik quduqlarni burg‘ilash va qurish uchun yangi burg‘ulash qurilmalari olib kelib o‘rnatilmoqda.

 

Xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilayotgan 8 ta ana shunday burg‘ilash qurilmalari geotexnologik konlarda sinovdan o‘tkazilib, 3 tasi ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlanmoqda. 

 

Ayniqsa, “Zafarobod” KB 4-sonli va “Nurobod” ishlab chiqarish maydoni “Sobirsoy” geotexnologik konlariga o‘rnatilgan 2 dona qurilmalar elektr energiyasi yetib bormagan hududlarda qo‘l kelmoqda. MAZ shossesiga o‘rnatilgan qurilma dizel yoqilg‘isida o'zi harakatlanadi. Bu esa uni boshqa joyga  oson va tez olib borish imkonini beradi. 

 

Shuningdek, joriy yil so‘nggiga qadar yana 8 dona burg‘ilash qurilmalari olib kelinishi rejalashtirilgan. Bunday qurilmalar burg‘ilash hajmlarini oshirib, ishlab chiqarishga tayyorlangan zaxiralarni ko‘paytirishga yordam beradi.

 

✍️ "Navoiyuran" DK axborot xizmati